Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashining deputati Nurmamatova Sadoqat hududidagi 22-davlat maktabgacha ta’lim muassasasida 3 yildan buyon iichimlik suvi tarmog‘ining nosozligi sababli yuzaga kelgan muammo yuzasidan tegishli tashkilotga yuborilgan deputat so'rovi ijobiy hal etildi.
Suv tarmog‘i yaroqsiz holga kelgani bois ta’lim muassasasida ichimlik suvi uzilib qolganligi nafaqat bog‘cha tarbiyalanuvchilari, balki ota-onalar hamda muassasada faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarning kayfiyati va ish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelayotgan edi.
Bog‘chada Qozoq Nayman, Nayman hamda Mirzatup mahallalarida istiqomat qiluvchi bolajonlar tarbiyalanadi. Shu bois muammo keng jamoatchilik uchun dolzarb ahamiyat kasb etgan edi. Mazkur masala yuzasidan tuman deputati tomonidan muammoni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi
Bugungi kunda ichimlik suvi tarmog‘i qayta tiklanib, bog‘cha toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.