Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganildi
янв.21
Xalqparvar komissiyasi qurilish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish holatini o‘rgandi
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Madaniyat muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya raislari bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
“Mahallaning ishbilarmon ayoli” tanlovi: Qamashida faol va tashabbuskor ayollar e’tirof etildi
янв.21
Deputat mahallalarda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat hunarmand tadbirkorlar bilan uchrashdi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash – ustuvor vazifa
янв.21
“Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi, tuman Kengashi deputati N.Imomov tashabbusi bilan Ko‘kbuloq, Chuqurqishloq va O‘rta dara mahallalarida ehtiyojmand oilalar farzandlariga o‘quv jihozlari va sport kiyimlari tarqatildi.
Deputat mahallada

  Kitobxonlik madaniyati va kutubxonalar holati deputat nazoratida  

22-Guliston saylov okrugi deputati M.Muxtorova hududdagi madaniyat va
ma’rifat muassasalarining bugungi holatini o‘rganish maqsadida 3-sonli
umumta’lim maktabi kutubxonasida bo‘ldi.
 

Ma’naviyat maskanini ko‘zdan kechirish davomida asosiy e’tibor quyidagi
jihatlarga qaratildi:
 

Kitob fondining boyligi: Kutubxonadagi mavjud adabiyotlar, darsliklar va
badiiy kitoblarning soni hamda yangilanganlik darajasi.
 

Kitobxonlar uchun sharoit: Mutolaa zallarining holati, yorug‘lik tizimi va
o‘quvchilar uchun yaratilgan qulayliklar.
 

Raqamlashtirish jarayoni: Elektron kutubxona tizimining yo‘lga
qo‘yilganligi va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish
imkoniyatlari.
 

"Maktab kutubxonasi — bolaning ilk dunyoqarashi shakllanadigan maskan.
Shu bois, bu yerda nafaqat boy kitob fondi, balki o‘quvchini o‘ziga tortadigan
zamonaviy muhit ham bo‘lishi shart", — ta’kidladi M.Muxtorova.
  

Slide 1 of 2