Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOLAJONLAR OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILARGA 9 OYLIK FAOLIYATI YUZASIDAN HISOBOT BERDI
янв.21
FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILIB, IJOBIY YECHIM TOPDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
Popda obodonlashtirish ishlari qizg‘in: 93 ta qabristonda ezgu tashabbus!
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTAB KUTUBXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
CHILONZOR TUMANIDA KRIMINOGEN VAZIYATNI YAXSHILASH VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi majlisida Chilonzor tumanida 2026-yilning o‘tgan 9 oyi davomida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan masala muhokama qilindi.

Muhokama davomida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar, mahallalarda jamoat xavfsizligini ta’minlash, yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, profilaktika ishlarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, ayrim mahallalarda kuzatilayotgan kamchiliklar tahlil qilinib, jinoyatchilikning oldini olish, mahalla faollari va mas’ul tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.

Majlis yakunida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jamoat xavfsizligini mustahkamlash va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1