Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOLAJONLAR OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILARGA 9 OYLIK FAOLIYATI YUZASIDAN HISOBOT BERDI
янв.21
FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILIB, IJOBIY YECHIM TOPDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
Popda obodonlashtirish ishlari qizg‘in: 93 ta qabristonda ezgu tashabbus!
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTAB KUTUBXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
TOSHKENT SHAHRIDAGI BOLALAR KLINIK SHIFOXONASIDA TIBBIY XIZMAT SIFATI VA KADRLAR TA’MINOTI YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI

#162_ta_eng_muhim_qonun_ijrosi #SAVOL_JAVOB #Sessiya_oldi_organish

❗️ TOSHKENT SHAHRIDAGI BOLALAR KLINIK SHIFOXONASIDA TIBBIY XIZMAT SIFATI VA KADRLAR TA’MINOTI YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Botir Daminov 1-son shahar bolalar klinik shifoxonasi bosh shifokori Mavlyuda Tabibovaga bolalarga ko‘rsatilayotgan shoshilinch va statsionar tibbiy yordam sifati, shifoxonaning mavjud o‘rinlaridan foydalanish hamda tibbiyot xodimlari bilan ta’minlanganlik holati yuzasidan savol yo‘lladi.

🔺 SAVOL: Deputat Botir Daminov 1-son shahar bolalar klinik shifoxonasining bemorlarni qabul qilish imkoniyatlari, yil davomida tibbiy yordam olgan bolalar soni, shifokor va hamshiralar bilan ta’minlanganlik darajasi, shuningdek, dori-darmon vositalari yetarliligi yuzasidan savol berdi.

🗣 JAVOB: 1-son shahar bolalar klinik shifoxonasi bosh shifokori Mavlyuda Tabibova mazkur masala yuzasidan ma’lumot berib, shifoxona 425 o‘ringa mo‘ljallangani va 13-oktabr holatiga 419 nafar bemor davolanayotganini ma’lum qildi.

🏥 Shifoxona bolalarga kecha-yu kunduz shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishi qayd etildi. Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning to‘qqiz oyi davomida 16 084 nafar bemor shifoxonaga yotqizilgan, 16 047 nafar bemor shifoxonadan chiqarilgan. Mazkur davrda ambulator-konsultativ qatnovlar soni 85 785 tani tashkil etgan.
🩺 Shifoxonaning qabul bo‘limiga oid ma’lumotlarda jami 564 ta murojaat qayd etilib, ulardan 104 nafari statsionar davolanishga yotqizilgani, 460 nafariga esa ambulator yordam ko‘rsatilgani bildirildi.

👨‍⚕️ Kadrlar ta’minoti masalasiga to‘xtalib, shifokorlar uchun 137,5 ta shtat birligi ajratilgani va uning 134,75 tasi bandligi, o‘rta tibbiyot xodimlari uchun esa 405,25 ta shtat birligidan 398,5 tasi bandligi ma’lum qilindi.

🔎 Shu bilan birga, shifoxonada reanimatolog shifokorlar bo‘yicha 2 ta, ultratovush tekshiruvi mutaxassisi bo‘yicha 0,75 ta shtat birligi vakant ekani qayd etildi. Shifoxonaning dori-darmon vositalari bilan ta’minlanganlik darajasi 99,8 foizni tashkil etayotgani, bemorlarning ovqatlanishi esa autsorsing xizmati orqali tashkil etilgani bildirildi.

✅ Muhokamada bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini oshirish, mavjud vakant shtatlarni to‘ldirish, shoshilinch tibbiy xizmat uzluksizligini ta’minlash hamda shifoxonaning moddiy-texnik imkoniyatlarini mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1