Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOLAJONLAR OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILARGA 9 OYLIK FAOLIYATI YUZASIDAN HISOBOT BERDI
янв.21
FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILIB, IJOBIY YECHIM TOPDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
Popda obodonlashtirish ishlari qizg‘in: 93 ta qabristonda ezgu tashabbus!
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTAB KUTUBXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
“ERTA ARALASHUV” XIZMATINI TASHKIL ETISH MASALASI DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA KO‘RIB CHIQILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida tumanda “Erta aralashuv” xizmatini tashkil etish hamda mazkur yo‘nalishni qo‘shimcha moliyalashtirish masalasi muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida 0–3 yoshdagi nogironligi bo‘lgan yoki rivojlanishida nuqsonlari mavjud bolalarga kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, xizmat faoliyatini yo‘lga qo‘yish va uni moddiy-texnik jihatdan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Doimiy komissiya tomonidan masala atroflicha ko‘rib chiqilib, “Erta aralashuv” xizmatini tashkil etish loyihasini ma’qullash hamda qo‘shimcha mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi taklifni Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritish uchun tavsiya etish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Mazkur tashabbusning amalga oshirilishi bolalar va ularning oilalariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar qamrovini kengaytirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda tumanda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2