Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOLAJONLAR OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILARGA 9 OYLIK FAOLIYATI YUZASIDAN HISOBOT BERDI
янв.21
FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILIB, IJOBIY YECHIM TOPDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
Popda obodonlashtirish ishlari qizg‘in: 93 ta qabristonda ezgu tashabbus!
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTAB KUTUBXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
SHUKRONALIK — TINCHLIK VA FAROVONLIK QADRI

 Chilonzor tumanidagi 188-sonli umumta’lim maktabida “Shukronalik” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Chilonzor tumani bo‘linmasi hamda “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda maktab o‘quvchi-yoshlari va mahalla faollari ishtirok etdi.
Tadbirda xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mutalov Omonulla Nigmatullayevichning ishtiroki alohida ahamiyat kasb etdi. Tadbir davomida shukronalik tuyg‘usining inson hayotidagi o‘rni, tinchlik va osoyishtalikning qadri, oilaviy totuvlik hamda yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalariga e’tibor qaratildi.
Deputatning bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etishi yoshlar bilan muloqotni mustahkamlash, ularning dunyoqarashini kengaytirish va jamiyatda ezgu qadriyatlarni targ‘ib etishga xizmat qiladi.
Zero, shukronalik — bor ne’matlarni qadrlash, tinch hayotning qadriga yetish va kelajakka ishonch bilan intilish demakdir.
Tinchlikni qadrlash, shukronalik bilan yashash — yuksak ma’naviyat belgisidir!

Slide 1 of 4