Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
🌏Xalqaro hamkorlik — taraqqiyot va yangi imkoniyatlar garovi

🔰#munosabat

🌏Xalqaro hamkorlik — taraqqiyot va yangi imkoniyatlar garovi

➡️Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning «Henderson Land Group» boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuvi O‘zbekistonning xalqaro investitsiyaviy hamkorligini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

➡️Ayniqsa, qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarining muhokama etilgani katta ahamiyatga ega. Bunday hamkorlik zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

➡️Deputat sifatida ta’kidlamoqchimanki, xalqaro investitsiyalar nafaqat yirik shaharlar, balki hududlar rivojiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi lozim. Shu bois, ilg‘or tajriba va zamonaviy texnologiyalarni joylarda ham joriy etish, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish muhim vazifadir.

➡️Ishonamanki, ushbu uchrashuvda muhokama qilingan tashabbuslar aniq amaliy loyihalarga aylanib, mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Jamshid Xudoyev,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt