Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI



Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zXDP partiyasidan 2-Xamza saylov okrugidan saylangan deputat A. Baxromov tomonidan 2026-yil 16-oktabr kuni Xamza mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli Lola Po‘latxo‘jayeva tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

📊 O‘rganish davomida ma’lum bo‘lishicha, 2026-yil davomida Xamza mahallasida jami 110 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilgan.

Ular quyidagi toifalar bo‘yicha qamrab olingan:

🔹 1-toifa — ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar — 58 nafar;
🔹 2-toifa — tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish yoki faoliyatini kengaytirish istagidagi xotin-qizlar — 2 nafar;
🔹 3-toifa — uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlar — 5 nafar;
🔹 4-toifa — tibbiy va psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlar — 25 nafar;
🔹 5-toifa — huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar — 20 nafar.

📌 Bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar:

✅ 10 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlangan;
✅ 10 nafar xotin-qizga oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit ajratilgan;
✅ 1 nafar ayolga uy-joyini ta’mirlash uchun qurilish materiallari olib berilgan;
✅ 15 nafar xotin-qizga huquqiy yordam ko‘rsatilgan.

👩‍👩‍👧‍👦 Deputat o‘rganishi yakunida xotin-qizlar bandligini yanada oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga kengroq jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3