Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
📋 Murojaatlar saylov okruglari kesimida o‘rganilmoqda

📋 Murojaatlar saylov okruglari kesimida o‘rganilmoqda

🏛 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyati mudiri Dildora Adilova tomonidan Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan "2026-yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar tahlili, tumandagi korxona va tashkilotlarda jismoniy hamda yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati hamda sayyor qabullarni tashkil etish ahvoli to‘g‘risida"gi masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

👥 O‘rganishlar murojaatlar saylov okruglari kesimida tashkil etilib, bu gal 12-Avazali saylov okrugi hududidagi Istiqlol mahallasi fuqarolari bilan Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi binosida uchrashuv o‘tkazildi.

🗣 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi, ichimlik suvi, bandlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar va takliflar bildirildi.

📝 Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni qonunchilik doirasida ijobiy hal etish hamda tegishli mutasaddi tashkilotlarga kiritish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

📊 Okruglar kesimida amalga oshirilayotgan bunday uchrashuvlar fuqarolar murojaatlarini chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularning yechimi yuzasidan aniq takliflarni shakllantirish orqali navbatdagi sessiyada muhokama qilinadigan masalalarning sifatli tayyorlanishiga xizmat qilmoqda.

🤝 Fuqarolar bilan ochiq muloqotni taʼminlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda muammolariga yechim topish Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.  

Slide 1 of 1