Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Xomkon mahallasidagi mavjud muammolar va amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xomkon mahallasidagi mavjud muammolar va amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 9-«Tallimaron» saylov okrugidan saylangan deputati P. Bakirov hududida viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Boyqulov tomonidan kunlik ish rejasiga muvofiq Angor tumani Xomkon mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan vazifalar hamda «Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiya» asosida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla yettiligi a’zolarining o‘zaro hamkorligi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.

Jumladan, mahalladagi elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar o‘rganildi.Xususan, Xomkon mahallasidan 1 kilometr masofada piyodalar yo‘lakchasi qurilgani hamda 30 kilometr masofaga ichimlik suvi tarmoqlari tortilgani qayd etildi. Mazkur ishlar aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, fuqarolar uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish va hudud infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

O‘rganish yakunida mahalladagi mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal qilish hamda hududni rivojlantirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1