Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Yoshlar siyosati va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 15-oktabr kuni Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan yoshlar siyosati, xotin-qizlar bandligi, madaniyat va sport sohalariga oid masalalar yuzasidan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Farg‘ona viloyatida 2026-yilning to‘qqiz oyi davomida yoshlar siyosatini amalga oshirish borasida bajarilgan ishlar, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonunchilikdagi o‘zgarishlar yuzasidan ham fikr almashildi.

Muhokamalar davomida amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish hamda tegishli yo‘nalishlarda samaradorlikni oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur yig‘ilishda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, deputat N.Akbarova hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi S.Azizov Zoom platformasi orqali masofaviy ishtirok etdilar.

Bunday yig‘ilishlar hududlarda olib borilayotgan ishlarni tahlil qilish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Muhokama qilingan masalalar esa yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy sohadagi ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3