Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
INSON QADRI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
Deputatlik nazorati: sessiya qarori ijrosi, oilaviy shifokorlik punktidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Maktabdagi ta’lim sharoitlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
Xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat – tuman hokimi M.Mirabdullayev tomonidan tumanning “Do‘stlik” mahallasiga biriktirilgan xotin-qizlar faoli D.Jo‘rayevaning faoliyati bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi.

🔻O‘rganish davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash, ularning ehtiyojlarini aniqlash, mavjud muammolarini bartaraf etish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini manzilli tashkil etishga qaratilgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

🔻Ayniqsa, “Ayollar daftari”ning 1-toifasiga kiritilgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning daromad manbalarini shakllantirish va iqtisodiy mustaqilligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Mazkur yo‘nalishda xotin-qizlarning imkoniyatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularni ish bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

🔻Ta’kidlash joizki, xotin-qizlar bandligini ta’minlash nafaqat ularning moddiy ahvolini yaxshilash, balki oila farovonligini oshirish, ijtimoiy faolligini kuchaytirish va jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun ham muhim ahamiyatga ega. Deputat tomonidan xotin-qizlar faoli bilan hamkorlikda har bir ehtiyojmand ayolning muammosini individual o‘rganish, bandlikka ko‘maklashish choralarini samarali tashkil etish hamda amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

🔻Shuningdek, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarning ijrosini muntazam kuzatib borish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha mas’ullar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 1