Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
INSON QADRI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
Deputatlik nazorati: sessiya qarori ijrosi, oilaviy shifokorlik punktidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Maktabdagi ta’lim sharoitlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tomonidan tumanning “Xumson” mahallasi bo‘yicha hokim yordamchisi S.Ortiqboyev faoliyati o‘rganildi.

🔵O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, xonadonbay ishlash orqali aholining daromad manbalarini aniqlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, o‘zini o‘zi band qilishni rag‘batlantirish hamda kambag‘al oilalarni iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔵Ta’kidlanganidek, kambag‘allikni qisqartirish faqat moddiy yordam ko‘rsatish bilan cheklanib qolmasdan, fuqarolarning barqaror daromad manbalarini shakllantirish va ularni doimiy bandlikka jalb etish orqali amalga oshirilishi lozim. Shu bois har bir xonadonning imkoniyat va ehtiyojlarini chuqur o‘rganish, mavjud muammolarga individual yondashish hamda aniq natijaga qaratilgan choralarni belgilash muhim hisoblanadi.

🔵O‘rganish yakunida hokim yordamchisiga yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha amaliy ishlarni kuchaytirish, ishsiz fuqarolarni band qilish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlashni davom ettirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1