Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: sessiya qarori ijrosi, oilaviy shifokorlik punktidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
INSON QADRI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
Maktabdagi ta’lim sharoitlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
📌 Deputatlik nazorati: kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash

📌 Deputatlik nazorati: kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyat mutaxassislari A. Erkinov va S. Matyaqubova hamda Kengash deputati X. Ibragimov tomonidan Chamanzo‘r mahallasida ijtimoiy himoya va kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Jarayonda mahalla ijtimoiy xodimi A. Boltaevaning faoliyati bilan yaqindan tanishilib, uning axboroti tinglandi.
Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mahallada jami 56 ta oila Kambag‘allik reyestriga kiritilgan. Shundan 13 ta oila davlat ta’minotidagi, 13 ta oila kambag‘allik chegarasidagi hamda 30 ta oila kambag‘al oilalar toifasiga mansub.
Mazkur oilalarni kambag‘allikdan chiqarish va ularning iqtisodiy faolligini oshirish maqsadida 8 nafar fuqaroga imtiyozli kredit, 2 nafariga ssuda ajratilgan. Shuningdek, 16 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlangan.
O‘rganish davomida amalga oshirilgan ishlarning natijadorligi, ijtimoiy yordamning manzilliligi hamda oilalarni kambag‘allikdan chiqarishda bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1