Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#5_band
#162_qonun
#deputat_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Qaldirg‘och" mahallasida soliq ma’murchiligi va tadbirkorlikni rivojlantirish holati o‘rganildi

Bandixon tumanida mahallabay ishlash tizimini takomillashtirish, quyi bo‘g‘in idoralari faoliyati samaradorligini oshirish hamda qonunchilik hujjatlari ijrosini monitoring qilish borasida tizimli deputatlik nazorati choralari ko‘rilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev  Kengashning 16-"Qaldirg‘och" saylov okrugi deputati D.Qudratov okrugiga qarashli “Qaldirg‘och” mahallasida bo‘lib, o‘rganish ishlarini o‘tkazdilar.

Monitoring davomida soliq ma’murchiligini takomillashtirish, yangi biznes sub’ektlarini legalizatsiya qilish, soliq bazasini kengaytirish hamda aholi va tadbirkorlar bilan olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari tahlil qilindi.

Tashrif yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, murojaatlar bilan ishlash sifatini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli amaliy tavsiyalar berildi. Bunday o‘rganishlar hududlarni kompleks rivojlantirish va aholi muammolariga tezkor yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1