Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
9-SONLI TUG‘RUQ KOMPLEKSIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

#24_ta_tavsiyaviy_savol #deputatlik_nazorati_Uchtepa

9-SONLI TUG‘RUQ KOMPLEKSIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

🗂 Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyaviy doirasida ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rganish maqsadida tumandagi 9-sonli tug‘ruq kompleksining yaqinda foydalanishga topshirilgan yangi binosida isitish tizimi va muhandislik infratuzilmasining holati ko‘zdan kechirildi.

🤔 O‘rganish davomida 168 o‘ringa mo‘ljallangan kompleksning kuz-qish mavsumida uzluksiz faoliyat yuritishi, bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun zarur sharoitlarni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🕯 Ma’lum qilinishicha, kompleksni issiqlik bilan ta’minlash uchun alohida lokal qozonxona tashkil etilgan bo‘lib, unda uchta «Baito» rusumli qozon o‘rnatilgan. Hozirgi vaqtda ulardan ikkitasi ishlab turibdi. Shuningdek, elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash maqsadida ikkita transformator punkti (TP) va ikkita elektr generatori mavjud bo‘lib, ularning shay holatda ekani ko‘zdan kechirildi.

⚙️ Ayniqsa, jarrohlik amaliyotlari vaqtida issiqlik va elektr ta’minotining uzluksizligini ta’minlash, kutilmagan uzilishlar hamda turli favqulodda holatlarning oldini olishga qaratilgan texnik va tashkiliy choralar holati o‘rganildi.

⏫️ O‘rganish vaqtida binoda isitish tizimi hali ishga tushirilmagani, ayni paytda issiq suv ta’minoti tizimi faoliyat yuritayotgani va suv harorati 56 darajani tashkil etayotgani aniqlandi. Isitish tizimini mavsumga o‘z vaqtida tayyorlash va ishga tushirish, mavjud uskunalarning sozligini ta’minlash hamda qozonxonaning samarali faoliyatini tashkil etish masalalari e’tibor markazida bo‘ldi.

💼 O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, 9-sonli tug‘ruq kompleksi bosh shifokori Ulug‘bek Begjanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Uchtepa tuman Kengashi raisi Sevara Azimova ishtirok etdi.

📈 Mazkur o‘rganishdan asosiy maqsad — tug‘ruq kompleksining kuz-qish mavsumida uzluksiz va xavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash, isitish hamda elektr ta’minoti tizimlarining tayyorgarligini baholash, aniqlangan masalalar yuzasidan zarur choralarni belgilash va aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifatini ta’minlashdan iborat.

Slide 1 of 4