Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: sessiya qarori ijrosi, oilaviy shifokorlik punktidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
INSON QADRI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
Maktabdagi ta’lim sharoitlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
#Buni_bilasizmi

#Buni_bilasizmi
Sessiyada ma’ruzachilar va deputatlar uchun so‘zga chiqish vaqti hamda muhokama tartibi reglament asosida belgilanadi.


Sessiya ishining samarali tashkil etilishini ta’minlash maqsadida kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha ma’ruzachilar, qo‘shimcha ma’ruza qiluvchilar, savol beruvchi va fikr-mulohazalarini bildiruvchi deputatlarning chiqishlari uchun ajratiladigan vaqt sessiya reglamenti bilan belgilanadi.

Reglament deputatlarning masalalarni muhokama qilish jarayonida teng huquqli ishtirok etishini, kun tartibidagi masalalar har tomonlama ko‘rib chiqilishini hamda sessiya ishlarining belgilangan muddatlarda yakunlanishini ta’minlaydi.
Sessiya davomida:
- ma’ruzachilarga kun tartibidagi masala yuzasidan asosiy axborotni bayon etish uchun belgilangan vaqt ajratiladi;
- deputatlarga savollar berish, taklif va mulohazalarini bildirish, muhokamada ishtirok etish imkoniyati yaratiladi;
- masala yuzasidan bildirilgan fikrlar umumlashtirilib, zarur hollarda tegishli topshiriq va tavsiyalar shakllantiriladi;
muhokamalar tartibli, xolis va ishchan ruhda olib boriladi.

Sessiya raisi reglament talablariga rioya etilishini ta’minlaydi, so‘zga chiqish navbatini belgilaydi, muhokamalarni boshqaradi hamda masalalarni ko‘rib chiqish jarayonida qonunchilik va belgilangan tartibga amal qilinishini nazorat qiladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1