Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: sessiya qarori ijrosi, oilaviy shifokorlik punktidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
INSON QADRI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
Maktabdagi ta’lim sharoitlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
DEPUTATLIK NAZORATI - XUROSON MAHALLASIDA BSK FAOLIYATI O‘RGANILDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #24_ta_tavsiyaviy_savol

DEPUTATLIK NAZORATI - XUROSON MAHALLASIDA BSK FAOLIYATI O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "25-Qo‘rg‘on" saylov okrugi deputati Galina Xamitova o‘z saylov okrugidagi Xuroson mahallasiga xizmat ko‘rsatuvchi BSK faoliyatini o‘rgandi.

📂 O‘rganish davomida hududni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, kesilgan daraxt shox-shabbalarini hududdan olib chiqib ketish hamda obodonlashtirish ishlari yuzasidan fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar ko‘rib chiqildi.

📝 Shuningdek, mahalladagi 7-, 8- va 9-ko‘p qavatli uylar oldidagi hududga asfalt qoplamasi yotqizish zarurligi yuzasidan aholi murojaatlari o‘rganildi.

🕯 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, hududni obodonlashtirish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida mas’ul tashkilotlar hamda tuman kommunal bo‘limiga tegishli tavsiyalar berildi.

💼 O‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyaviy savolnomasi asosida tashkil etilib, unda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilov ham ishtirok etdi.

📈 Mazkur o‘rganish aholi murojaatlarini manzilli hal etish va hududdagi mavjud muammolarni bartaraf qilish yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirishga qaratildi.

Slide 1 of 6