Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: sessiya qarori ijrosi, oilaviy shifokorlik punktidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
INSON QADRI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
Maktabdagi ta’lim sharoitlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
OILAVIY QADRIYATLARNI MUSTAHKAMLASH VA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH — DEPUTATLIK E’TIBORIDA

 OILAVIY QADRIYATLARNI MUSTAHKAMLASH VA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH — DEPUTATLIK E’TIBORIDA

📍Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi, 9-«G‘alaba» saylov okrugi deputati Shaxnoza Umarxodjayeva «G‘alaba» mahalla fuqarolar yig‘inida faol xotin-qizlar hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj ayollar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🕊 Uchrashuv doirasida «Oila — milliy qadriyatlar maskani» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etilib, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish va oilaviy barqarorlikni mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.

👨‍👩‍👧‍👦 Shuningdek, turmush qurish istagidagi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularni «Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi»dagi o‘quv mashg‘ulotlariga jalb etish hamda bu borada targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

🤝 Oilaviy nizolarning oldini olish maqsadida ajrim yoqasiga kelib qolgan, sud va FHDYO organlariga nikohni bekor qilish yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan oilalar bilan ishlash, ularni yarashtirish hamda oilalarni saqlab qolishga ko‘maklashish choralari ko‘rib chiqildi.

📚 Bundan tashqari, erta nikoh, erta tug‘ruq va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Yoshlar va ota-onalar o‘rtasida ushbu holatlarning salbiy oqibatlari haqida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

🏛 Uchrashuv deputatlik faoliyati doirasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, oilaviy muammolarni o‘rganish, murojaatlarni hal etishga ko‘maklashish va mahallada ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratildi.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 6