Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Elektron hukumat tizimi bo‘yicha deputatlik o‘rganishi

Elektron hukumat tizimi bo‘yicha deputatlik o‘rganishi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining deputatlari tomonidan hududdagi davlat tashkilotlarida elektron hukumat tizimini rivojlantirish, axborot tizimlaridan samarali foydalanish hamda elektron xizmatlar ko‘rsatish holatini o‘rganish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.

💎 O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyuldagi 444-son qarori talablari asosida tashkilotlarda mavjud axborot tizimlari va elektron resurslarning holatiga e’tibor qaratilmoqda.

💎 Jumladan, axborot tizimlarining Elektron hukumat axborot tizimlari va resurslari yagona reyestriga kiritilganligi, ma’lumotlarning o‘z vaqtida yangilanib borilishi, elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari hamda idoralararo elektron hamkorlik masalalari o‘rganilmoqda.

💎 Shuningdek, axborot xavfsizligi, tizimlardan foydalanish samaradorligi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan deputatlar tomonidan savollar shakllantirildi va amaldagi ijro holatini o‘rganish belgilandi.

📊 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, elektron xizmatlar sifatini oshirish va aholiga qulaylik yaratish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqiladi.

📍 Deputat nazorati — amaliy natija va fuqarolar manfaatini ta’minlashga xizmat qiladi!