Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
“Yalang‘och ota” mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 22-“Charxini ko‘prigi” saylov okrugidan saylangan deputat G.Rasulova tomonidan “Yalang‘och ota” mahalla fuqarolar yig‘inida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning yashash sharoitlari va mavjud ehtiyojlarini o‘rganish maqsadida manzilli o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Ibrat ko‘chasi, 9-uy, 6-xonadonda istiqomat qiluvchi N.Otabayeva xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning ijtimoiy ahvoli, yashash sharoiti hamda mavjud ehtiyojlari bilan tanishildi.

O‘rganish jarayonida oilaga bolalar nafaqasi tayinlangani, shuningdek, fuqaroning davolanishi uchun tegishli order berilgani ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan oilaga vaucher asosida oziq-ovqat va kiyim-kechak mahsulotlarini xarid qilish uchun yordam ko‘rsatilgani qayd etildi.

Tashrif davomida oilaning ijtimoiy holati va ehtiyojlari o‘rganilib, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash hamda ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3