Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
🔰Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti – iqtidorli qizlar uchun yuksak e’tirof
🔰#munosabat

🔰Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti – iqtidorli qizlar uchun yuksak e’tirof

♻️Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti yosh xotin-qizlarning iste’dodi, bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
♻️Ayniqsa, joriy yilda mukofot yo‘nalishlari qatoriga tibbiyot sohasining ham kiritilgani quvonarli. Bu yangilik turli sohalarda izlanayotgan, yuksak natijalarga erishayotgan qizlarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun yanada keng imkoniyat yaratadi.
♻️Deputat sifatida iqtidorli va tashabbuskor qizlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning yutuqlarini munosib e’tirof etish hamda iste’dodini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlarni yaratishni muhim vazifa deb bilaman. Zero, bilimli, maqsad sari intiluvchan va faol yoshlar – yurtimiz kelajagining mustahkam poydevoridir.
♻️Barcha iqtidorli qizlarimizni tanlovda faol ishtirok etishga, o‘z bilim va qobiliyatlarini namoyon etishga chorlayman. Ishonamanki, ularning yutuqlari nafaqat oilasi, balki butun yurtimiz faxriga aylanadi!

Habiba Karayeva,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt