Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
“TEPAGUZAR” VA “TABASSUM” MAHALLALARIDAGI OBODONLASHTIRISH ISHLARI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
“TEPAGUZAR” VA “TABASSUM” MAHALLALARIDAGI OBODONLASHTIRISH ISHLARI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Samandar Ismailov tomonidan tuman hokimi o‘rinbosari — Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Z. Ubaydullayevga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📍 So‘rovda “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida “Tepaguzar” va “Tabassum” MFYlarda amalga oshirilishi belgilangan obodonlashtirish hamda infratuzilmani yaxshilash ishlarining bugungi kundagi holati, boshlanish muddatlari va rejalashtirilgan tadbirlar yuzasidan batafsil axborot taqdim etish so‘raldi.

⚖️ HUQUQIY ASOS

➡️ O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrdagi 706-II-son “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni 8-moddasiga muvofiq, deputat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslariga ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborishga haqli.

➡️ Mazkur moddaga ko‘ra, deputatlik so‘roviga so‘rov olingan kundan e’tiboran 10 kundan kechiktirmay javob yuborilishi lozim. Deputatlik so‘rovi yuzasidan axborot tegishli xalq deputatlari Kengashi majlisida ham muhokama qilinishi mumkin.

✅ Deputatlik so‘rovi aholi murojaatlarini manzilli hal etish, dastur ijrosini nazorat qilish va mahallalarda qulay yashash muhitini yaratishga qaratilgan.


👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slide 1 of 1