Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
LUTFIY MAHALLASIDAGI ICHKI KO‘CHALAR HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, 9-Lutfiy saylov okrugi deputati Xidiyatullina Rima Rashitovna Lutfiy mahallasida ichki ko‘cha yo‘llarining joriy holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahalla ichki ko‘chalarining holati, yo‘l qoplamalarining saqlanish darajasi hamda aholining harakatlanishi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, hududda sanitariya-tozalik ishlarining tashkil etilishi, xususan, maishiy chiqindilarni belgilangan grafik asosida haftasiga ikki marotaba olib chiqib ketish tartibi ham o‘rganildi.

Aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, ichki ko‘chalarning holatini yaxshilash hamda hududda sanitariya talablariga rioya etilishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash va hududda obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish yuzasidan tegishli mas’ullar bilan masalalar muhokama qilindi.

Deputat tomonidan aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, mavjud muammolarga o‘z vaqtida yechim topish hamda mahallada tozalik va obodonlikni ta’minlash borasidagi ishlarni doimiy nazorat qilish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2