Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#162_qonun
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
🤝 MAHALLA YETTILIGI BILAN HAMKORLIKDA XONADONLAR O‘RGANILDI

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-Uch yog‘och–Qorabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan “Qorabog‘” mahallasida deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.

🏘 O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda xonadonlarga tashrif buyurilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar maxsus savolnoma asosida o‘rganildi.

🔎 Jumladan, quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash;
🔹 aholining doimiy daromad manbalariga ega bo‘lishiga ko‘maklashish;
🔹 kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish;
🔹 kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish;
🔹 kredit, subsidiya va boshqa moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;
🔹 amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini ta’minlash.

✅ O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Farmon ijrosini joylarda tahlil qilish, aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlar holatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishiga ko‘maklashishdan iborat.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 5