Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
ICHKI ISHLAR BO‘LIMINING YANGI BINO QURILISHI — DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Isroilov tomonidan tuman Ichki ishlar bo‘limining yangi binosi qurilishi jarayoni joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida yangi binoning qurilish holati, amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari, obyektning belgilangan loyiha asosida barpo etilishi hamda ishlarning bajarilish sur’atlariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, qurilish jarayonida bajarilgan ishlarning sifati, foydalanilayotgan qurilish materiallari, hududni obodonlashtirish va obyektni kelgusida foydalanishga topshirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Deputat tomonidan qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli tashkil etish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash muhimligi ta’kidlandi.

Yangi binoning foydalanishga topshirilishi ichki ishlar xodimlari uchun zamonaviy va qulay mehnat sharoitlarini yaratish, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5