Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
4-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V.Xasanov tomonidan Shodlik mahallasidagi 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida tashkilot binosini mavsum davomida barqaror isitish uchun yaratilgan sharoitlar, qozonxonaning texnik holati, isitish tizimlarining sozligi hamda mavjud ko‘mir zaxirasi ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, ko‘mir yoqilg‘isining mavjud miqdori, uni saqlash sharoitlari, qozonxonaga yetkazib berish va foydalanish uchun tayyorligi, qozonlarning ishchi holati hamda isitish tizimlarining mavsumga shayligi bilan tanishildi. Shuningdek, qozonxona hududida xavfsizlik va sanitariya talablariga rioya etilishi masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Tashkilotdagi tarbiyalanuvchilar uchun kuz-qish mavsumida zarur harorat sharoitini ta’minlash, isitish tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish, ko‘mir zaxirasini belgilangan me’yorlar asosida shakllantirish va yoqilg‘idan samarali foydalanish bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida mas’ullarga ko‘mir zaxirasini nazorat qilib borish, qozonxona va isitish tizimlarining texnik sozligini muntazam tekshirish, aniqlangan kamchiliklarni mavsum boshlangunga qadar bartaraf etish hamda yong‘in va texnika xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3