Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdullayev Baxrom Ismoilovich Nurobod tumaniga tashrif buyurib, hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar, belgilangan vazifalar ijrosi hamda istiqboldagi loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ–392-son qarori ijrosi doirasida Nurobod tumanining Nurbuloq mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, “Nurbuloq” shaharchasini zamonaviy kurort shaharchasiga aylantirish maqsadida olib borilayotgan qurilish-obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi. Hududda aholi va tashrif buyuruvchilar uchun qulay muhit yaratish, dam olish maskanlarini tashkil etish hamda zamonaviy infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan loyihalar alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

Xususan, tashrif davomida favvora qurilishi, vorkaut maydonchasi, salomatlik yo‘lagi hamda bolalar maydonchasini barpo etish ishlari ko‘zdan kechirildi. Mazkur obyektlarning qurilish jarayoni, bajarilayotgan ishlarning sifati, hududning zamonaviy qiyofasini shakllantirishdagi o‘rni va kelgusida aholi uchun yaratadigan imkoniyatlari yuzasidan ma’lumotlar olindi.

Shuningdek, amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining belgilangan talablar asosida olib borilishi, loyihalarda nazarda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi hamda yaratilayotgan infratuzilmaning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi. O‘rganish jarayonida mas’ul tashkilotlar vakillari bilan obyektlarning qurilish holati, mavjud vazifalar va istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 8