Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: sessiya qarori ijrosi, oilaviy shifokorlik punktidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
INSON QADRI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
Maktabdagi ta’lim sharoitlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
#Deputatlik_nazorati

#Deputatlik_nazorati

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati N. Bobojonova Ko‘nazey mahallasida bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faoli Sh. Qalandarova bilan hamkorlikda ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqaro Oygul Tangriber­ganova xonadonida bo‘ldi.
O‘rganish davomida fuqaroning oilaviy va ijtimoiy holati, mavjud muammolari hamda bandlik masalasi atroflicha o‘rganildi. Fuqaro O. Tangriber­ganovaning ishsizligi aniqlanib, uning qiziqish va imkoniyatlaridan kelib chiqib, doimiy daromad manbasini yaratish masalasiga e’tibor qaratildi.
Deputatlik nazorati doirasida fuqaroning bandligini ta’minlash maqsadida subsidiyaga tikuv mashinasi ajratish masalasini ko‘rib chiqish uchun mahalla hokim yordamchisiga yo‘naltirildi.
Mazkur o‘rganish orqali ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqarolarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

Slide 1 of 1