Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
INSON QADRI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
Deputatlik nazorati: sessiya qarori ijrosi, oilaviy shifokorlik punktidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Maktabdagi ta’lim sharoitlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
8-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining chegaralovchi devorini yangilash holati o‘rganildi

8-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining chegaralovchi devorini yangilash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi A. Nurmatov tomonidan 8-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga joyiga chiqqan holda o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkiloti hududini o‘rab turuvchi chegaralovchi devorning mavjud holati, uning mustahkamligi, tashqi ko‘rinishi hamda yangilash zarurati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, hududning bolalar uchun xavfsiz va qulay bo‘lishini ta’minlash masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Mazkur o‘rganish Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 talik tavsiyalar hamda Kengashning 162 ta qonun hujjatini doimiy komissiyalar kesimidagi taqsimoti asosida ijtimoiy soha obyektlaridagi mavjud holatlarni joyida o‘rganish va aniqlangan masalalarni nazoratga olish yo‘nalishida amalga oshirildi.

Shuningdek, sohaga oid “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-595-son, 2019-yil 16-dekabr talablaridan kelib chiqib, maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar xavfsizligi va zarur shart-sharoitlarni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha chegaralovchi devorni yangilash masalasini tegishli tartibda ko‘rib chiqish hamda hududni yanada obodonlashtirish va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tegishli takliflar belgilab olindi. 

Slide 1 of 4