Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: sessiya qarori ijrosi, oilaviy shifokorlik punktidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
INSON QADRI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
Maktabdagi ta’lim sharoitlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
YUNUSOBOD TUMAN ELEKTR TA’MINOTI KORXONASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Kattaxodjaev Sh. tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Yunusobod tuman elektr ta’minoti korxonasining kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

📌O‘rganish davomida elektr tarmoqlari va mavjud elektr ta’minoti infratuzilmasining mavsumga tayyorgarligi, transformator punktlari, elektr qurilmalarining texnik holati hamda tarmoqlarning barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🔺Shuningdek, kuz-qish mavsumida aholini uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni tezkor bartaraf etish hamda elektr ta’minotidagi uzilishlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar o‘rganildi.

⚖️Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-939-son Qonuni, 2024-yil 7-avgust. Qonun elektr energetikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi hamda iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ishonchli va sifatli ta’minlashga oid asosiy qoidalarni belgilaydi.

📋 O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berilib, kuz-qish mavsumida elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan zarur choralar belgilandi.

Slide 1 of 2