Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
#deputat_nazorati #tibbiyot_obyekti #kuz_qishga_tayyorgarlik #oltinsoy_kengash

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi tomonidan tumandagi ijtimoiy va tibbiyot obyektlarida olib borilayotgan bunyodkorlik hamda ta’mirlash ishlarining borishi doimiy e’tiborga olingan.

Xususan, Oltinsoy tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar binosida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining yakunlanish holati atroflicha nazorat tartibida o‘rganildi.

O‘rganish tadbirida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi Turdiyev Akrom Abdimuratovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Esanov bevosita obyektga tashrif buyurib, jarayonlar bilan yaqindan tanishdilar.

Ishchi guruh tomonidan quyidagi yo‘nalishlar va amalga oshirilgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi:

Palatalar va ichki xonalarning tayyorgarligi: Bino ichki qismida ta’mirlash ishlari yakunlanib, zamonaviy bemor o‘rin-joylari, qulay karavotlar hamda tibbiy jihozlar (kislorod va konsol uskunalari) o‘rnatilgani ko‘zdan kechirildi.

Koridorlar va kirish-chiqish yo‘laklari: Bino koridorlarida kafel hamda qoplamalar sifatli yotqizilgani, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun taktil yo‘lakchalar yotqizilib, isitish va sovutish (fankoyl) tizimlari montaj qilingani o‘rganildi.

Kuz-qish mavsumi uchun isitish va chillerni montaj qilish ishlari: Bino tashqarisida zamonaviy “VENTO” markaziy isitish va sovutish tizimlari (chiller-nasos stansiyalari), gidravlik tuzilmalar, issiqlik izolyatsiyalangan quvurlar hamda yordamchi binolar to‘liq o‘rnatilgani va ishchi holatga keltirilgani ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunida obyektni belgilangan muddatlarda sifatli topshirish va kuz-qish mavsumida tibbiyot muassasasining uzluksiz ishlashini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 10