Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
🔰Imtiyozli kredit asosidagi issiqxonalar – daromad manbai

🔰Imtiyozli kredit asosidagi issiqxonalar – daromad manbai

🔹Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati Sh. Teshayev tomonidan Chorzona mahallasida imtiyozli kredit mablag‘lari asosida tashkil etilgan issiqxonalar faoliyati o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida fuqarolarga ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish holati, issiqxonalarning bugungi faoliyati hamda yetishtirilayotgan mahsulotlar hajmiga alohida e’tibor qaratildi.
🔹Ta’kidlanganidek, issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish aholi xonadonlaridan samarali foydalanish, oilaviy daromadlarni oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, imtiyozli kredit mablag‘lari asosida tashkil etilgan issiqxonalardan unumli foydalanish aholi bandligini ta’minlash bilan birga, ichki bozorni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashga ham xizmat qiladi.
🔹O‘rganish jarayonida issiqxona egalari bilan muloqot qilinib, mavjud muammolar, mahsulot yetishtirish va sotish masalalari yuzasidan fikr va takliflar eshitildi.
🔹Deputat tomonidan issiqxonalardan yil davomida samarali foydalanish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hamda imtiyozli kredit mablag‘laridan belgilangan maqsadda foydalanish muhimligi ta’kidlandi.
🔹Hududda aholi daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar deputatlik nazorati asosida izchil davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 1