Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT QABULI: NAVBATDAGI QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
Fuqarolar murojaati o`rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA XATLOV ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
Kengash raisi nazorati: Mahallalarda aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Popda ezgu tashabbus: farzandlarga zarur jihozlar yetkazildi
янв.21
TOSHQO‘RG‘ON MAHALLASIDA ZAMONAVIY PIYODALAR YO‘LAGI BARPO ETILMOQDA
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati A. Akbarov tuman Kengashning haftalik ish rejasi doirasida, Ittifoq mahallasida elektr ta’minoti yuzasidan kelib tushgan fuqarolar murojaatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
янв.21
GENDER TENGLIK FAOLI MILLIY TANLOVINING TUMAN BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Doimiy komissiya: Oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha 34-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida oʻrganildi!
DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 16-“Bodomtepa” saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna tomonidan deputatlik vakolati doirasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida tumandagi Davlat xizmatlari markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
📌 O‘rganish davomida deputat markaz xodimlari tomonidan aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, davlat xizmatlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, joriy etilayotgan yangiliklar hamda fuqarolar uchun yaratilayotgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumotlar olindi.
📌 Markazda bir kunda 200–250 nafardan ortiq murojaatchiga xizmat ko‘rsatilmoqda. Fuqarolarning murojaatlari 20 dan ortiq yo‘nalishlarda ko‘rib chiqilib, tegishli masalalar hal etilmoqda.
📌 Aholining murojaatlari orasida, asosan:
💼 tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq masalalar;
🔐 elektron kalit olish;
🚗 haydovchilik guvohnomasini olish bilan bog‘liq xizmatlar alohida o‘rin tutmoqda.
💻 Markazda 5 nafar xodim tomonidan aholiga raqamlashtirilgan tizim asosida davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinayotgani, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayoni esa “15 daqiqada” tamoyili asosida tashkil etilgani qayd etildi. Mazkur tizim fuqarolar va tadbirkorlarning vaqtini tejash, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yanada soddalashtirishga xizmat qilmoqda.
🚘 Shuningdek, 2026-yildan boshlab haydovchilik guvohnomasini olish hamda intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ham aholiga qulaylik yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yilgani haqida ma’lumot berildi.
🏢 O‘rganish davomida markazdagi fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi. Jumladan, zamonaviy talablarga javob beradigan kutish zallari, shuningdek, ona va bolalar uchun alohida xonalar tashkil etilgani qayd etildi.
📲 Davlat xizmatlarini raqamlashtirish va elektron shaklda ko‘rsatish orqali aholining vaqtini tejash, xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda inson omilini kamaytirishga qaratilgan ishlar bilan ham tanishildi.
💡 O‘rganish yakunida deputat tomonidan davlat xizmatlarini aholiga yanada qulay, tezkor va sifatli ko‘rsatish yuzasidan bir qator takliflar bildirildi.
📍 Xususan:
🔹 olis va chekka hududlarda sayyor davlat xizmatlarini tashkil etish;
🔹 yoshlar o‘rtasida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron xizmatlardan foydalanishni keng targ‘ib qilish;
🔹 bu borada “mahalla yettiligi” bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
🔹 fuqarolarning davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish ko‘nikmalarini oshirish muhimligi ta’kidlandi.
🫥 Aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, fuqarolar uchun qulayliklarni kengaytirish va xizmatlardan foydalanish jarayonlarini soddalashtirish — deputatlik jamoatchilik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 5