Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati A. Bobajanov tomonidan Xiva shahridagi Kalta minor MFYda O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
O‘rganish davomida hududda investitsiyalar bo‘yicha davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning bajarilishi, amalga oshirilayotgan loyihalarning holati hamda investitsiya loyihalarining ijrosi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.