Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: sessiya qarori ijrosi, oilaviy shifokorlik punktidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
INSON QADRI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
Maktabdagi ta’lim sharoitlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZI FAOLIYATI DEPUTATLAR E’TIBORIDA

#deputatlik_faoliyati_Uchtepa #19_1_Modda_ijrosi

IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZI FAOLIYATI DEPUTATLAR E’TIBORIDA

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining Ijtimoiy sohalar, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasida Uchtepa tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining hisoboti dastlabki tarzda eshitildi.

💼 Hisobotni markaz direktori G‘.Eshatov taqdim etdi.

📇 Eshituv davomida markaz tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar hamda alohida e’tibor va ko‘makka muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati muhokama qilindi.

📈 Shuningdek, aholining ijtimoiy muammolarini aniqlash va ularni hal etish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligi hamda ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va natijadorligiga alohida e’tibor qaratildi.

🧠 Hisobot yuzasidan doimiy komissiya a’zolari tomonidan tegishli savol va takliflar bildirilib, mavjud masalalar muhokama qilindi.

📁 Eshituv yakunlari bo‘yicha Kengashning navbatdagi sessiyasida ko'rib chiqish uchun tegishli qaror qabul qilindi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1