Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Olvalizor" mahallasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda

Olvalizor" mahallasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda

Namangan shahridagi "Olvalizor" mahallasi "og‘ir toifa"dagi hudud sifatida tanlanib, aholi turmush sharoitini yaxshilash hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Loyihaga muvofiq mahalladagi 3,5 kilometr ichki yo‘llarni asfaltlash, 140 dona beton elektr ustunini o‘rnatish, 1 dona 400/6/0,4 kV quvvatga ega transformator punktini (TP) barpo etish hamda 

3,9 kilometr SIP kabel tortish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur qurilish ishlari "Prom Strogen" MChJ tomonidan bajarilmoqda.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Ayubxon Kamalov boshchiligidagi ishchi guruh hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan joyida tanishib, qurilish jarayonlarining sifati, belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda ishlar samaradorligiga alohida e’tibor qaratdi.

Shuningdek, mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglandi. Uchrashuv davomida ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda hududni yanada obod va zamonaviy qiyofaga keltirish yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.

Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari mahalla infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, aholiga qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish hamda hududning obod va ko‘rkam qiyofasini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3