Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Yakkaterak mahallasida imtiyozli kreditdan samarali foydalanish holati o‘rganildi

Yakkaterak mahallasida imtiyozli kreditdan samarali foydalanish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 18-Yakkaterak saylov okrugidan saylangan deputat I. Qurbonovning saylov okrugidagi “Yakkaterak” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev mahalla hokim yordamchisi bilan birgalikda imtiyozli kredit asosida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan fuqaroning faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida fuqaroning 20 million so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘laridan foydalanib, parrandachilik faoliyatini yo‘lga qo‘ygani hamda o‘zini o‘zi band qilgan holda daromad manbaiga ega bo‘layotgani haqida ma’lumotlar olindi.
Shuningdek, kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish, parrandachilik faoliyatini rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda kelgusida faoliyatni kengaytirish istiqbollari o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish davomida aniqlangan ma’lumotlar asosida tegishli taklif va tavsiyalar shakllantirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3