Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA XATLOV ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
Kengash raisi nazorati: Mahallalarda aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Popda ezgu tashabbus: farzandlarga zarur jihozlar yetkazildi
янв.21
TOSHQO‘RG‘ON MAHALLASIDA ZAMONAVIY PIYODALAR YO‘LAGI BARPO ETILMOQDA
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati A. Akbarov tuman Kengashning haftalik ish rejasi doirasida, Ittifoq mahallasida elektr ta’minoti yuzasidan kelib tushgan fuqarolar murojaatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
янв.21
GENDER TENGLIK FAOLI MILLIY TANLOVINING TUMAN BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Doimiy komissiya: Oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha 34-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida oʻrganildi!
янв.21
CHORKESAR MAHALLASIDAGI 3-MAKTABDA YANGI SPORT INSHOOTLARI BARPO ETILDI!
янв.21
Tuman mahalla uyushmasida sessiya qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati: Kasbiy ta’lim — yoshlar kelajagi uchun muhim poydevor
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 19-“Chashma” saylov okrugidan saylangan deputat Xojiboyev Jalol Xotamboyevich o‘zi saylangan hududdagi “Xurriyat” mahallasida bo‘lib, “Mahalla yettiligi” faoliyati, xususan, hokim yordamchisi Qurbonov Jasur tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
🔹 O‘rganish davomida mahallada aholini kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolar bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
🔹 Aholini kambag‘allikdan chiqarish — faqat moddiy ko‘mak ko‘rsatish emas, balki fuqarolarning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun zarur sharoit yaratish, ularni mehnat va tadbirkorlikka jalb etish, o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishiga ko‘maklashishdir.
🔹 Shu nuqtayi nazardan, mahallada fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ularning mavjud kasb va ko‘nikmalaridan samarali foydalanish, yangi kasb-hunarlarga yo‘naltirish hamda o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🔹 Olib borilgan amaliy ishlar natijasida 10 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilganlar safiga qo‘shildi. Bu esa fuqarolarning mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yishi, mustaqil daromad topishi va oilaviy farovonligini oshirishida muhim qadamdir.
🔹 Eng muhimi, amalga oshirilayotgan manzilli ishlar natijasida 31 nafar fuqaro kambag‘allikdan chiqarildi. Ushbu natija mahalladagi ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish va har bir xonadon uchun individual yondashuv asosida amaliy choralar ko‘rish muhimligini ko‘rsatadi.
🔹 Oilaviy tadbirkorlik — barqaror daromad manbai. Shu bois tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni mavjud imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanishga yo‘naltirish, kasb-hunar va mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali oilalar daromadini oshirishga ko‘maklashish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan.
🔹 Har bir oilaning muammosini chuqur o‘rganish, fuqaroni shunchaki ro‘yxatdan chiqarish emas, balki uning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlarning asosiy mezonlaridan biridir.
🔹 O‘rganish davomida ham aholi bandligini ta’minlash, o‘zini o‘zi band qilish istagidagi fuqarolarga amaliy ko‘mak berish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikdan chiqarilgan oilalarning erishgan natijalarini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
✨ Maqsad — har bir xonadonda barqaror daromad, har bir oilada farovonlik, har bir fuqaro uchun munosib mehnat imkoniyatini yaratish!
💼 Bandlik — barqaror daromad garovi.
🔹 Tadbirkorlik — oilaviy farovonlik manbai.
🔹 Manzilli yordam — kambag‘allikdan chiqishning muhim qadami.

Slide 1 of 4