Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA XATLOV ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
Kengash raisi nazorati: Mahallalarda aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Popda ezgu tashabbus: farzandlarga zarur jihozlar yetkazildi
янв.21
TOSHQO‘RG‘ON MAHALLASIDA ZAMONAVIY PIYODALAR YO‘LAGI BARPO ETILMOQDA
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati A. Akbarov tuman Kengashning haftalik ish rejasi doirasida, Ittifoq mahallasida elektr ta’minoti yuzasidan kelib tushgan fuqarolar murojaatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
янв.21
GENDER TENGLIK FAOLI MILLIY TANLOVINING TUMAN BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Doimiy komissiya: Oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha 34-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida oʻrganildi!
янв.21
CHORKESAR MAHALLASIDAGI 3-MAKTABDA YANGI SPORT INSHOOTLARI BARPO ETILDI!
янв.21
Tuman mahalla uyushmasida sessiya qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati: Kasbiy ta’lim — yoshlar kelajagi uchun muhim poydevor
Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi O.Mirzakarimov ishtirokida navbatdagi oʻrganish tadbiri oʻtkazildi.

Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi O.Mirzakarimov ishtirokida navbatdagi oʻrganish tadbiri oʻtkazildi.

🇺🇿 Fargʻona shahar Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi O.Mirzakarimov “Fargʻona” MFYda boʻlib, hududda kambagʻallikni qisqartirish, kambagʻal oilalar bilan ishlash hamda"Ijtimoiy reestrlarga kiritilgan fuqarolarni reysterdan chiqarish va ularga manzilli yordam koʻrsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni koʻzdan kechirdi.

➡️ Oʻrganishlar davomida mahallada kambagʻallik darajasini pasaytirish, reysterdagi oilalarning bandligini ta’minlash, ularga imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish, shuningdek, tomorqadan samarali foydalanish va kasb-hunarga oʻqitish holati atroflicha tahlil qilindi. Mavjud koʻrsatkichlar hamda kelgusi rejalar muhokama etildi.

⌛ Jarayon davomida reysterdagi har bir oilaga individual yondashish, ularning daromad manbalarini shakllantirish, boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirish hamda aniqlangan muammolarni tezkorlik bilan hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va vazifalar belgilab berildi.

✅ Tadbir yakunida kambagʻallikni qisqartirish borasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish, ijtimoiy reysterdagi fuqarolar murojaatlarini oʻz vaqtida ijobiy hal etish hamda ushbu jarayonlarni doimiy nazoratga olish masalalari kelishib olindi.

Slide 1 of 2