Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
INSON QADRI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
Deputatlik nazorati: sessiya qarori ijrosi, oilaviy shifokorlik punktidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Maktabdagi ta’lim sharoitlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
MILLIY QADRIYATLAR VA AN’ANALAR — AVLODLARNI BOG‘LOVCHI MA’NAVIY MEROS

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ MILLIY QADRIYATLAR VA AN’ANALAR — AVLODLARNI BOG‘LOVCHI MA’NAVIY MEROS

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov Uchtepa tumani hokimligi binosi oldida tashkil etilgan “Milliy liboslar” festivalida ishtirok etib, tadbir davomida nutq so‘zladi.

🔺 Ko‘tarinki ruhda o‘tgan festivalda xalqimizning boy madaniy merosi, milliy qadriyatlari va o‘ziga xos urf-odatlari tarannum etilib, rang-barang milliy liboslar, nafis bezaklar hamda o‘zbekona an’analar keng namoyish qilindi.

🗣 Muxtor Ilhomov o‘z nutqida milliy liboslarimiz xalqimizning tarixi, madaniyati va qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan bebaho meros ekanini ta’kidlab, ularni asrab-avaylash, keng targ‘ib qilish va yosh avlodga yetkazish muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

💡 Ayniqsa, bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish, ularni xalqimizning boy madaniy merosi va an’analari ruhida tarbiyalash nuqtayi nazaridan alohida ahamiyatga ega.

📉 Mazkur festival mahalliy Kengash deputati faoliyatida yoshlar bilan ishlash, ularning ma’naviy-ma’rifiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, hududdagi madaniy hayot va milliy qadriyatlarni targ‘ib etishga qaratilgan tashabbuslarga e’tibor qaratish kabi yo‘nalishlar bilan hamohangdir.

📋 “Milliy liboslar” festivali milliy o‘zligimizni asrab-avaylash, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan qadriyatlarni kelgusi avlodlarga yetkazish, milliy liboslarimizni keng targ‘ib etish hamda jamiyatda milliy an’analarga hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10