Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: sessiya qarori ijrosi, oilaviy shifokorlik punktidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
INSON QADRI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
Maktabdagi ta’lim sharoitlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
“Ashirqulmergan” mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Abdullayev tomonidan “Ashirqulmergan” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi aholi qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularni hal etish yo‘llari yuzasidan fikr almashildi.

Aholi tomonidan ko‘tarilgan eng dolzarb masalalardan biri Rayhon ko‘chasini asfaltlashtirish bilan bog‘liq bo‘ldi. Fuqarolar ko‘chaning mavjud holati transport vositalari qatnovi va piyodalar harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirayotganini bildirib, uni ta’mirlash hamda asfalt qoplamasi yotqizish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini so‘radilar.

Murojaat yuzasidan ko‘chaning holati va aholi uchun yuzaga kelayotgan noqulayliklar o‘rganilib, masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Deputat tomonidan murojaatni amaldagi qonunchilik doirasida hal etish, mas’ul tashkilotlarga tegishli takliflar kiritish hamda masalaning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4