Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
INSON QADRI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
Deputatlik nazorati: sessiya qarori ijrosi, oilaviy shifokorlik punktidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Maktabdagi ta’lim sharoitlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
YOG‘INGARCHILIK DAVRIDA SUV TO‘PLANISHINING OLDINI OLISH CHORALARI O‘RGANILDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #24_ta_tavsiyaviy_savol #kotibiyat_hududlarda

YOG‘INGARCHILIK DAVRIDA SUV TO‘PLANISHINING OLDINI OLISH CHORALARI O‘RGANILDI

🕯 Toshkent shahrida kuchli yog‘ingarchiliklar davrida ko‘chalarda suv to‘planishining oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda irrigatsiya va drenaj tizimlarini yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

🗂 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar Toshkent shahar hokimining "2024-yil 20-martdagi 187-14-0-Q/24-sonli “Toshkent shahrida yog‘ingarchiliklar davrida suv to‘planishi bilan bog‘liq holatlarning oldini olish”"ga qaratilgan qarori asosida tashkil etilmoqda.

🇺🇿 Qaror ijrosi doirasida Foziltepa va Izza ko‘chalari kesishmasidagi obyektda amalga oshirilayotgan ishlar tuman hokimi, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "16-Algoritm" saylov okrugi deputati Bunyod Mamadjanov hamda Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

📈 O‘rganish davomida pudratchi tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar mas’ul mutaxassislar ishtirokida ko‘zdan kechirilib, bajarilayotgan ishlarning belgilangan vazifalarga muvofiqligi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatiga e’tibor qaratildi.

🗣 Shuningdek, kuz-qish mavsumi oldidan tumandagi yana 5 ta shunga o‘xshash obyektda yog‘ingarchilik vaqtida suv to‘planishining oldini olish, suv o‘tkazish va drenaj tizimlarini yaxshilashga qaratilgan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

📁 Mazkur o'rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyaviy yo'nalishi doirasida amalga oshirildi.

📝 Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, mazkur ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4