Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA XATLOV ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
Kengash raisi nazorati: Mahallalarda aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Popda ezgu tashabbus: farzandlarga zarur jihozlar yetkazildi
янв.21
TOSHQO‘RG‘ON MAHALLASIDA ZAMONAVIY PIYODALAR YO‘LAGI BARPO ETILMOQDA
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati A. Akbarov tuman Kengashning haftalik ish rejasi doirasida, Ittifoq mahallasida elektr ta’minoti yuzasidan kelib tushgan fuqarolar murojaatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
янв.21
GENDER TENGLIK FAOLI MILLIY TANLOVINING TUMAN BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Doimiy komissiya: Oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha 34-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida oʻrganildi!
янв.21
CHORKESAR MAHALLASIDAGI 3-MAKTABDA YANGI SPORT INSHOOTLARI BARPO ETILDI!
янв.21
Tuman mahalla uyushmasida sessiya qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati: Kasbiy ta’lim — yoshlar kelajagi uchun muhim poydevor
Kengash_faoliyati

#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#21_band
#162_qonun
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

“Bag'rikeng” mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda qonun hujjatlari ijrosini o‘rganish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muntazam tahlil qilib borilmoqda.

Shu doirada, Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 11-“Bag'rikeng” saylov okrugidan saylangan deputat J.Abdinazarovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Bag'rikeng" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

O‘rganish davomida mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan ishlash, muammoli oilalar va ijtimoiy jihatdan xavfli vaziyatga tushib qolgan fuqarolar bilan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar holatiga e’tibor qaratildi.

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida tashkil etildi.

O‘rganish jarayonida profilaktika inspektori faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-371-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori talablari asosida baho berildi.

Mas’ullar tomonidan mahallada xavfsiz va osoyishta muhitni ta’minlash faqat sodir etilgan huquqbuzarliklarga munosabat bildirish bilangina cheklanmasdan, ularning oldini olish, sabab va shart-sharoitlarini barvaqt aniqlash hamda fuqarolar bilan manzilli profilaktik ishlash orqali yo‘lga qo‘yilishi lozimligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, profilaktika inspektori faoliyatini yanada takomillashtirish, mahallada huquq-tartibotni mustahkamlash va aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish belgilandi.

Slide 1 of 1