Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA XATLOV ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
Kengash raisi nazorati: Mahallalarda aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Popda ezgu tashabbus: farzandlarga zarur jihozlar yetkazildi
янв.21
TOSHQO‘RG‘ON MAHALLASIDA ZAMONAVIY PIYODALAR YO‘LAGI BARPO ETILMOQDA
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati A. Akbarov tuman Kengashning haftalik ish rejasi doirasida, Ittifoq mahallasida elektr ta’minoti yuzasidan kelib tushgan fuqarolar murojaatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
янв.21
GENDER TENGLIK FAOLI MILLIY TANLOVINING TUMAN BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Doimiy komissiya: Oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha 34-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida oʻrganildi!
янв.21
CHORKESAR MAHALLASIDAGI 3-MAKTABDA YANGI SPORT INSHOOTLARI BARPO ETILDI!
янв.21
Tuman mahalla uyushmasida sessiya qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati: Kasbiy ta’lim — yoshlar kelajagi uchun muhim poydevor
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#162_ta_qonun
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
💧 SUV KODEKSI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan Sherobod tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Suv kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ–1076-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — tumanda suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, suvni tejash, suv xo‘jaligi obyektlarini saqlash hamda suv obyektlarini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish jarayonida muassasa mas’ullariga suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq qator savollar berilib, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar olindi.
Jumladan:
🔹 Joriy yil davomida suv resurslaridan oqilona foydalanish, suvni tejash hamda suv obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilgani;
🔹 Sug‘orish tarmoqlari, kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari va boshqa suv xo‘jaligi obyektlarini saqlash, ta’mirlash hamda ulardan samarali foydalanish yuzasidan qanday choralar ko‘rilayotgani;
🔹 Suv obyektlarini ifloslanish, kamayish va boshqa salbiy ta’sirlardan muhofaza qilishni ta’minlash bo‘yicha qanday nazorat tadbirlari amalga oshirilayotgani;
🔹 Suvdan foydalanuvchilar o‘rtasida suv resurslaridan tejamkor va oqilona foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish, suv isrofgarchiligining oldini olish borasida qanday ishlar olib borilayotgani;
🔹 Suv xo‘jaligi obyektlarida aniqlangan muammolar, kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar holati ham muhokama qilindi.

Shuningdek, suv resurslaridan foydalanishda zamonaviy va tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish, mavjud sug‘orish tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash hamda suv yetkazib berish samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram
Slide 1 of 3