Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA XATLOV ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
Kengash raisi nazorati: Mahallalarda aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Popda ezgu tashabbus: farzandlarga zarur jihozlar yetkazildi
янв.21
TOSHQO‘RG‘ON MAHALLASIDA ZAMONAVIY PIYODALAR YO‘LAGI BARPO ETILMOQDA
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati A. Akbarov tuman Kengashning haftalik ish rejasi doirasida, Ittifoq mahallasida elektr ta’minoti yuzasidan kelib tushgan fuqarolar murojaatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
янв.21
GENDER TENGLIK FAOLI MILLIY TANLOVINING TUMAN BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Doimiy komissiya: Oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha 34-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida oʻrganildi!
янв.21
CHORKESAR MAHALLASIDAGI 3-MAKTABDA YANGI SPORT INSHOOTLARI BARPO ETILDI!
янв.21
Tuman mahalla uyushmasida sessiya qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati: Kasbiy ta’lim — yoshlar kelajagi uchun muhim poydevor
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Sessiya_oldi_o'rganish
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
📌 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Kotibiyati mudiri O.Tursunov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan muhim masala yuzasidan Sherobod tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbari J.Bo‘riyev bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-son qarorining 7-bandiga muvofiq, kuz-qish davri uchun yakuniy iste’molchilar kesimida ekinlarni sug‘orish maqsadida suv olish limitlarini tasdiqlash masalasi muhokama qilindi.

💧 Suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlash, iste’molchilar ehtiyojlarini inobatga olish hamda suv olish limitlarini belgilash bo‘yicha tegishli takliflar ko‘rib chiqildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram

Slide 1 of 2