Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA XATLOV ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
Kengash raisi nazorati: Mahallalarda aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
TOSHQO‘RG‘ON MAHALLASIDA ZAMONAVIY PIYODALAR YO‘LAGI BARPO ETILMOQDA
янв.21
Popda ezgu tashabbus: farzandlarga zarur jihozlar yetkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati A. Akbarov tuman Kengashning haftalik ish rejasi doirasida, Ittifoq mahallasida elektr ta’minoti yuzasidan kelib tushgan fuqarolar murojaatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
янв.21
GENDER TENGLIK FAOLI MILLIY TANLOVINING TUMAN BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Doimiy komissiya: Oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha 34-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida oʻrganildi!
янв.21
CHORKESAR MAHALLASIDAGI 3-MAKTABDA YANGI SPORT INSHOOTLARI BARPO ETILDI!
янв.21
Tuman mahalla uyushmasida sessiya qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati: Kasbiy ta’lim — yoshlar kelajagi uchun muhim poydevor
"Namuna" mahallasida yer va uy-joylarni qonuniylashtirish bo‘yicha O‘RQ-937-sonli Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi!
Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ularni uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan yer va mulk munosabatlariga oid muammolariga qonuniy yechim topish hamda joyida huquqiy maslahatlar berish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar Kengashning 25-“Kokildorota” saylov okrugi deputati M.Sidiqova okrugiga qarashli “Namuna” mahallasida bo‘lib, Termiz shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i G‘.Tilobqobilov hamda mutaxassislari bilan hamkorlikda sayyor qabul o‘tkazdilar.

Sayyor muloqot va qabul davomida aholi uchun o‘ta dolzarb bo‘lgan hamda keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan kutilgan O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-avgustdagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ-937-sonli Qonunining mazmun-mohiyati yig‘ilganlarga batafsil, hayotiy misollar yordamida tushuntirildi.

Mas’ullar fuqarolarga quyidagi muhim masalalar bo‘yicha tushunchalar berdilar:

• Huquqlarni e’tirof etish tartibi: O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlar hamda ulardagi hujjatsiz imorat, uy-joy va inshootlarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etishning asosiy mezonlari va bosqichlari;

• Kerakli hujjatlar va muddatlar: Qonun doirasida yer va binolarni rasmiylashtirish uchun qayerga murojaat qilish, qanday hujjatlarni taqdim etish hamda jarayonlarning shaffofligi;

• Suiiste’molchilikning oldini olish: Qonunning qo‘llanilish doirasi va qaysi holatlarda yerga nisbatan huquqlar e’tirof etilmasligi (masalan, muhofaza etiladigan hududlar, boshqa shaxslarning huquqlariga daxl qiladigan yerlar).

Uchrashuv davomida fuqarolar o‘zlarining xonadonlari, hujjatsiz qolgan hovli va qo‘shimcha qurilishlari bo‘yicha shaxsiy savollari bilan adliya xodimlari hamda deputatga yuzlandilar. Har bir murojaat qilgan fuqaroga uning mulki holatidan kelib chiqib, qonun doirasida qanday yo‘l tutish lozimligi bo‘yicha individual huquqiy maslahat va yo‘llanmalar berildi.
Slide 1 of 2