Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: sessiya qarori ijrosi, oilaviy shifokorlik punktidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
INSON QADRI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
Maktabdagi ta’lim sharoitlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — O‘QUVCHILAR UCHUN QULAY SHAROIT DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati G.Raimova tomonidan 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktab binosi, o‘quv xonalari va boshqa yordamchi xonalarning mavsumga tayyorgarligi, isitish tizimi va qozonxonaning holati, o‘quvchilar uchun issiq va qulay sharoit yaratish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, isitish uskunalarining texnik sozligi, qozonxonaning barqaror ishlashi, isitish tizimining tayyorgarligi hamda sovuq kunlarda ta’lim jarayonini uzluksiz tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⛏️ Maktabning ko‘mir va boshqa zarur yoqilg‘i bilan ta’minlanganlik holati, mavjud zaxiralarni saqlash sharoitlari ham ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, maktab hududining obodonlashtirilishi, o‘quvchilar xavfsizligi va kuz-qish mavsumida muassasaning barqaror faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda o‘quvchilar uchun issiq, xavfsiz va qulay sharoit yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3