35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Pillakashda yoshlar uchun muhim tashabbuslar namoyish etildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi muhokama qilindi
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MAHALLASIDA ZAMONAVIY MAHALLA BINOSI BARPO ETILISHI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIOBOD MFYDA ASFALTLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Eski To‘da mahallasidagi savdo do‘konlarida narx-navo holati o‘rganildi
янв.21
G‘urumsaroy mahallasidagi ichki ko‘chalar yoritilishi o‘rganildi
янв.21
YANGIOBODDA OBODONLAShTIRISH ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MFYDA PIYODALAR YO‘LAKCHASI BARPO ETISH ISHLARI O‘RGANILDI
HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH HOLATI, AYNIQSA, XAVF DARAJASI YUQORI BO‘LGAN HUDUDLARDA JINOYATLARNING OLDINI OLISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, Kotibiyat mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna o‘z okrugidagi “Beshkappa” MFYga tashrif buyurib, hududdagi mavjud holat, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash hamda “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish jarayonida mahalla profilaktika inspektori Abduvaliyev Asadbek Maxamat o‘g‘li ishtirokida hududda jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, aholi osoyishtaligini ta’minlash hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
 “Beshkappa” MFYda jami 456 ta xonadon mavjud bo‘lib, aholi soni 2776 nafarni tashkil etadi. Shundan 7 nafar fuqaro ichki nazoratda turadi. O‘rganish davomida hududdagi vaziyat tahlil qilinib, mahallaning bugungi kundagi holati “Yashil” toifaga kirishi qayd etildi.
Bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo‘lgan kiberjinoyatchilikning oldini olish borasida ham profilaktik ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi. Xususan, profilaktika inspektori tomonidan aholi o‘rtasida, mahalla guzarlarida hamda maktablarda fuqarolarni turli kiberxavflardan ogoh etish, internet va raqamli xizmatlardan foydalanishda ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish yuzasidan muntazam profilaktik tadbirlar va tushuntirish ishlari tashkil etib kelinmoqda.
 Aholi osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash masalasida mahalla faollari, profilaktika inspektori hamda “Mahalla yettiligi” a’zolarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish muhimligi qayd etildi. Ayniqsa, muammoli oilalar, nazoratga muhtoj fuqarolar va yoshlar bilan individual ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va tegishli choralarni ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.
 Shuningdek, 2026-yilning shu davriga qadar “Beshkappa” MFY hududida jinoyat holati qayd etilmagani ma’lum qilindi. Bu boradagi profilaktik ishlarni izchil davom ettirish, hududdagi mavjud osoyishtalikni saqlash va kelgusida jinoyatchilikka sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan omillarni barvaqt aniqlashga alohida e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi.
Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida muntazam ravishda davra suhbatlari, targ‘ibot-tushuntirish tadbirlari va profilaktik uchrashuvlar o‘tkazilayotgani bildirildi. Shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, o‘z huquq va majburiyatlarini yaxshi bilishi hamda qonunbuzarliklarning oqibatlaridan ogoh bo‘lishiga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
 O‘rganish davomida mahallada xavfsiz va osoyishta muhitni ta’minlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, profilaktik tadbirlarni manzilli tashkil etish hamda aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish, “Xavfsiz mahalla” tizimi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni izchil davom ettirish, hududdagi mavjud xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan choralarni yanada kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
 Tinch va osoyishta mahalla — farovon hayot garovi. Aholi xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ayniqsa yoshlarni turli salbiy ta’sirlardan asrash borasidagi profilaktik ishlarni izchil davom ettirish muhim vazifalardan biridir. 

Slide 1 of 3