35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Pillakashda yoshlar uchun muhim tashabbuslar namoyish etildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi muhokama qilindi
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MAHALLASIDA ZAMONAVIY MAHALLA BINOSI BARPO ETILISHI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIOBOD MFYDA ASFALTLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Eski To‘da mahallasidagi savdo do‘konlarida narx-navo holati o‘rganildi
янв.21
G‘urumsaroy mahallasidagi ichki ko‘chalar yoritilishi o‘rganildi
янв.21
YANGIOBODDA OBODONLAShTIRISH ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MFYDA PIYODALAR YO‘LAKCHASI BARPO ETISH ISHLARI O‘RGANILDI
KO‘KCHA OQTEPA MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI

#Deputatlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_qabuli

KO‘KCHA OQTEPA MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI

📈 Uchtepa tumanida aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlar deputatlik nazorati doirasida izchil o‘rganib borilmoqda.

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining “8-Ko‘kcha-Oqtepa” saylov okrugi deputati Sabitjon Imamov hamda Kengash deputati, tuman hokimi Bunyod Mamadjanov boshchiligida “Ko‘kcha Oqtepa” mahallasida aholi bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

🕯 Aholi bilan bevosita muloqot davomida hududdagi bandlik masalalari, daromadi past oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ishsiz fuqarolarni doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga jalb etish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — fuqarolar murojaatlarini joyida tinglash va ularning amaliy yechimiga ko‘maklashishdir. Shu nuqtayi nazardan, uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha eshitildi.

⚙️ Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berilib, ularning ijrosini nazorat qilish, fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan kelishib olindi.

📈 Deputatlik nazoratining mazmuni — muammoni faqat aniqlash emas, balki uning yechimini izlash va natijasini kuzatib borishdir. Shu ma’noda, mahallalarda aholi bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazish fuqarolarning bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va ijtimoiy muammolarni manzilli hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 6